“Tottenxem” Eriksenga o'rinbosar topdi

12 noya 2019, 09:46
U Niderlandiya chempionatida to'p suradi.

Kristian Eriksen mavsum so'ngida London klubini tark etadi. “Shporlar” allaqachon uning o'rniga nomzod izlashni boshlab yuborgandi. Ma'lum bo'lishicha, klub rahbariyati “Ayaks” yarim himoyachisi Hakim Ziyosh variantida to'xtamoqda. Marokashlik futbolchiga ayni damda “Atletiko Madrid” ham da'vogar bo'lib turibdi.

Joriy mavsum Ziyosh Niderlandiya chempionatida 12 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports