"Surxon" gollarga boy bahsda Rossiya klubini mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026
Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Termizning "Surxon" jamoasi navbatdagi nazorat o'yinida maydonga tushdi.

Rossiyaning "Baltika" klubiga qarshi kechgan bahs termizliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.


Nazorat bahsi

"Surxon" - "Baltika" 4:3

Gollar: Abdullajonov 13, Yusupov 66, Karimov 86, Sherbo'taev 101 - Xil 30, 50, Murid 74 (pen.)

"Surxon": 86. Merganov, 3. Jumatov, 4. Nematxonov (S), 7. Tursunov, 10. Abdullajonov, 14. Ashurboev, 17. Abduhamidov, 19. Qodirov, 21. Dzebniauri, 22. Jo'raev, 26. Shukurullaev.

Zahira: Potapov, Boymurodov, Musaxonov, Sherbo'taev, Shamsiev, A. Karimov, Yusupov, Chinedu, Fraydey.


*Bahs 30 daqiqadan 4ta taym bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia