"Tottenxem" Bergveynni "Ayaks"ga 15 mln funt evaziga sotishni rad etdi

Alisher
11 yanv 2022, 17:38
"Tottenxem" hujumchi Steven Bergveynni "Ayaks"ga 15 mln funtga sotishni rad etdi.

Angliya klubi 24 yoshli niderlandiyalikni qo'yib yuborishga tayyor, ammo undan ko'proq pul ishlamoqchi.

Shu bilan birga "shporlar" agar shartlarga ko'nsa, "Ayaks" bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi.

Bergveyn "Tottenxem"ga PSVdan 2020 yilning yanvarida o'tgan edi. U 2021/22 yilgi mavsum "shporlar" safida 13ta o'yinda 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports