Toshkent viloyati hokimi "Metallurg" futbol akademiyasida bo'ldi

Sherzod Nurmatov
16 iyul 2021, 20:59
Viloyat hokimi Davron Hidoyatov Bekobod shahridagi futbol akademiyasini borib ko'rdi.

"Viloyat hokimi u yerda sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Unga Bekobod shahar hokimi Zafar Fayzullaev va "O'zbekiston metallurgiya kombinati" akciyadorlik jamiyati rahbari Rashid Pirmatov hamrohlik qildi. 

Takidlash joiz, ayni paytda akademiyada qurilish ishlari olib borilmoqda. 

Shuningdek, Davron Hidoyatov hududni aylanish vaqtida "Metallurg" jamoasi ustozi Jasur Abduraimov bilan ham suhbatlashdi", – deya xabar berdi shahar hokimligi matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia