Torreyra "Monako"ga o'tishi mumkin, muzokaralar davom etmoqda

Alisher
25 yanv 2021, 07:23
"Atletiko"da ijara asosida o'ynayotgan "Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Monako" qiziqish bildirmoqda. Fransiya klubi urugvaylik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Qayd etish kerakki, muzokaralar davom etmoqda, klublar kelishuvga yaqinlar.

24 yoshli Torreyra joriy mavsum "Atletiko" libosida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. 

Lukasning "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TuttoMercatoWeb