
"Vilyarreal" buning uchun "Barselona"ga qarshi javob o'yinida kerakli hisobda g'alaba qozonishi kerak. Bu jamoalar o'rtasidagi birinchi bahs 1:3 hisobida Kataloniya klubi g'alabasi bilan yakunlangan.
"Bunday uchrashuvda g'alaba qozonish uchun omad biz tarafda bo'lishi kerak, shu bilan birga, raqibning o'yini o'xshamasligi lozim. Agar bizning jamoada pessimizm hukmronlik qilganida, men bunday so'zlarni gapirmagan bo'lardim. "Barselona" esa o'tgan mavsumga qaraganda yaxshiroq o'ynayapti" - deydi Toral.
Eslatib o'tamiz, "Vilyarreal" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv bugun bo'lib o'tadi.