Tonali "Milan"da 8-raqamni olish uchun Gattuzoga qo'ng'iroq qilgan

Alisher
10 sen 2020, 18:08
Yarim himoyachi Sandro Tonali "Milan"ga o'tganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Men "8" raqamini tanladim, sababi bu yarim himoyachi va "Milan" uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan oldin bu raqam ostida Gattuzo to'p tepgan.

U klub tarixiga kirgan futbolchi. Men bu haqda undan so'radim, u esa hattoki buni undan so'rashim ham kerak emasligini aytdi", - deydi Tonali.

Eslatib o'tamiz, "yangi Pirlo" "Breshia"dan "Milan"ga xarid qilish bandi bilan ijara asosida o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sportbible.com