Timoshuk: "Zenit" raqibi ispan klubi bo'ladi deb o'ylagan edim"

Aslanov Jasurbek
28 fev 2015, 18:14
"Zenit" yarim himoyachisi Anatoliy Timoshuk Yevropa ligasi 1/8 final qurasi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, ko'k-oq-havoranglilarning bu bosqichdagi raqibi "Torino".

"Ular xalqaro arenalarda katta tajribaga ega bo'lmagan qiziq raqib. Ammo bu klub hurmatga loyiq, chunki ular Yevropa ligasi 1/16 finalida "Atletik"dan o'ta oldi. Raqibimiz ispan klubi bo'ladi deb o'ylagan edim.

Muxlislarimizni xursand qilishga va birinchi o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Ammo zamonaviy futbolda birinchi uchrashuvda g'alaba qozongan jamoa doim ham keyingi bosqichga chiqa olmaydi" - deydi Timoshuk.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com