Timoshuk Semakning qaroriga ko'ra "Zenit"dan ketishi mumkin

Alisher
21 may 2020, 12:40
Ukrainalik mutaxassis Anatoliy Timoshuk "Zenit" murabbiylar shtabidan ketishi mumkin.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Zenit" bosh murabbiyi Sergey Semak ortiq 41 yoshli murabbiy bilan hamkorlik qilishga qiziqmayapti.

Ammo, Timoshuk uning ishidan qoniqish hosil qilayotgan "Zenit" rahbariyatining qarori bilan klubda qolishi mumkin.

Peterburg klubi joriy mavsum RPLning 22 turidan so'ng ishonchli tarzda jadvalda yetakchilik qilmoqda.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif