Tibo Kurtua: "Barselona" bizning natijalarimizga e'tibor qaratmay, o'z dunyosida yashamoqda"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026, 16:44
Madridning "Real" klubi posboni Tibo Kurtua jamoasining so'nggi muvaffaqiyatlari va bu "Barselona"ga qanday ta’sir qilayotgani haqida gapirdi.

– "Barselona" "Real"ning "uyg'onishi"ni qanday qabul qilmoqda?

– Ular o'z dunyosida yashashmoqda, faqat o'z jamoasi va ish uslubiga e'tibor qaratishgan. Hatto bizning g'alabamizdan keyin ham ular xotirjamlikni saqlab qolishadi, - deya belgiyalik darvozabonning so'zlarini keltirmoqda "Mundo Deportivo".

Eslatib o'tamiz, 24 yanvar, shanba kuni "Real" La Liganing 21-turida "Vilyarreal"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va 51 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib oldi. Biroq "Barselona"da (49 ochko) bitta zaxira o'yini mavjud. Bugun, 25 yanvar kuni kataloniyaliklar "Ovedo" bilan to'qnash kelishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo