Tiago Silva Fransiyada eng ko'p maosh oladigan futbolchi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2016, 22:33
L’Équipe nashri Fransiya birinchiligidaeng ko'p maosh oladigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Ro'yxatning dastlabki 10 taligidan 7 tasini PSJ futbolchilari band etishdi. Jadvalning eng yuqori pog'onasini parijliklar sardori Tigo Silva band etdi. U oyiga 1.100.00 evro ishlab topadi. Undan keyingi pog'onalarni Silvaning jamoadoshlari Anxel De Mariya (900.000) Edison Kavani (800.000) va Tiago Motta (800.000) band etishdi.

Top-10 talikka kirgan futbolchilar ro'yxati

1. Tiago Silva (PSJ) 1.100.000 evro

2. Anxel Di Mariya (PSJ) 900.000 evro

3. Edinson Kavani (PSJ) 800.000 evro

3. Tiago Motta (PSJ) 800.000 evro

5. Xaver Pastore (PSJ) 770.000 evro

6. Blez Matyuidi (PSJ) 750.000 evro

7. Radamel Falkao (“Monako”) 600.000 evro

8. Marko Veratti (PSJ) 500.000 evro

9. Mario Balotelli (“Nicca”) 450.000 evro

10. Bafetimbi Gomis (“Marsel) 420.000 evro

Fransiyada eng ko'p maosh oladigan  murabbiy Unai Emeri (PSJ)ga oyiga 420.00 evro to'lanadi. Undan keyingi pog'onalarni ispaniyalik mutaxassis Lyusen Favr (“Nicca” 200.000 evro) va Leonardo Jardim (180.000) band etishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe