The Telegraph Kontening o'rniga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2018, 15:30
The Telegraph nashri "Chelsi" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Antonio Konteni ishdan bo'shatsa, ko'klar taklif qilishi mumkin bo'lganlar ro'yxatini e'lon qildi.

Ushbu joy uchun "Barselona" sobiq murabbiyi Luis Enrike da'vogarlik qilmoqda. Ikkinchi nomzod Gus Xiddink, uchinchisi esa "Yuventus" ustozi Massimiliano Allegri.

"Chelsi" bosh murabbiyligi uchun qolgan nomzodlar: Diego Simeone ("Atletiko"), Mauiricio Sarri ("Napoli"), Zinedin Zidan ("Real"), Marko Silva, Brendan Rojers ("Seltik"), Frenk Lempard.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph