

"Bavariya" forvardi Robert Levandovski 2020 yilning eng zo'r futbolchisi deb topildi. Shuningdek, ushbu sovrin uchun Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") va Lionel Messi ("Barselona") ham davogarlik qilgandi.
Polshalik hujumchi ushbu yilda myunxenlilar bilan Bundesliga, Germaniya Kubogi va Superkubogi, YCHL hamda Yevropa Superkubogida muvaffaqiyat qozondi. Shuningdek, 32 yoshli futbolchi UEFA talqiniga ko'ra ham "yil futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritdi va bir qator nashrlarda yetakchi siftida qayd etildi.




