Terri - APLda besh marta sardor sifatida chempionlikka erishgan ilk futbolchi

Narzulla Saydullayev
13 may 2017, 09:25
Chelsi sardori Jon Terri klubi bilan beshinchi marta APL chempioni bo'ldi.

36 yoshli futbolchi beshinchi marta sardor sifatida Angliya premer-ligasida yutgan dunyodagi birinchi futbolchiga aylandi. Bu borada Manchester Yunayted sobiq sardori Roy Kinni (4ta) ortda qoldirdi.

Chelsi oltinchi marta Angliya chempioni bo'ldi (1954/55, 2004/05, 2005/06, 2009/10, 2014/15, 2016/17). Shulardan beshtasi premer-liga davriga (1992 yildan keyin) to'g'ri keladi. Bu borada rekordchi MYU – 13ta chempionlik.

1998 yildan buyon Chelsida o'ynab kelayotgan Terri mavsum tugagach klubdan ketadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive