Ter Shtegen: "Barselona"da iqtidorli balerunlar bor, biroq men ulardan biri emasman"

Aslanov Jasurbek
7 noya 2017, 11:50
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o'zini yulduz deb hisoblamaydi.

Nemis posboni futbol ishqibozlari bilan uchrashib, ularning savollariga javob berdi.

Futbol muxlislaridan biri uni yulduz deb atadi, ter Shtegen esa quyidagicha javob berdi: "Men nur taratmayman, shunchaki turmush qurgan baxtli erkak va darvozabonman".

Bundan tashqari, ter Shtegen yana bir savolga javob qaytardi: "Barselona"da bazi iqtidorli balerunlar (balet raqqosi) bor. Ammo men ularning biri emasman".

Joriy mavsum ter Shtegen LaLiganing 11ta uchrashuvida ishtirok etib, 4ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com