Tchuameni: "PSJ - top-klub. Chempionlar Ligasini yutishning uddasidan chiqilmadi, ammo ularda titullar ko'p"

Alisher
28 mar 2022, 14:11
"Monako" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni PSJ haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"PSJ - top-klub. Qatarliklar davrida katta sarmoyalar kiritildi. Klubda ma'lum maqsadlar bor. Afsuski, ular uchun hali CHLda g'olib chiqish uddasidan chiqilmadi, ammo ularda sovrinlar ko'p.

PSJda ajoyib o'yinchilar harakat qilmoqda. Albatta, ular ko'proq narsaga erishmoqchilar. Bu ajoyib jamoa deb o'ylayman", - deydi Tchuameni.

Yarim himoyachi joriy mavsum "Monako" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi. 22 yoshli francuzning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport