

"O'zbekiston terma jamoasi posboni O'tkir Yusupovga men va kompaniyam nomidan Toshkent shahri markazidan ta'mirdan chiqarilgan, mebel va jihozlangan uch xonali uy sovg'a qilaman. Istalgan paytda bu sovg'ani kelib olishlari mumkin", - dedi Xurshid To'raev.
Qayd etish kerak, O'tkir Yusupov so'nggi soniyalarda raqibining kuchli va aniq zarbasini ushlab oldi. Bu seyv termamizni jahon chempionatiga olib chiqdi.



