Tabares: "Agar Iordaniya o'zining yaxshi o'yinini ko'rsatsa bizga qiyin bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
13 noya 2013, 11:49
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares JCH-2014 saralashi pley-off bosqichi doirasidagi Iordaniyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin bo'ladi, ayniqsa birinchi o'yinda. Biroq bu so'nggi to'siq, undan o'ta olsak maqsadimizga erishamiz. Doim raqiblarimiz eng yaxshi o'yinini ko'rsatishini kutamiz, agar Iordaniya shunday qila olsa bizga qiyin bo'ladi", - deydi Tabares.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru