"Surxon" tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi. Serbiya va Ukrainadan legionerlar kelishi kutilmoqda

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2021, 11:06
"Surxon" jamoasi Toshkentda navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Ilk kungi mashg'ulotlarda asosan tiklanish va jismoniy mashqlarga e'tibor qaratildi.

O'tgan mavsumni ham termizliklar tarkibida o'tkazgan tajribali yarim himoyachi Eldor Boymatov jamoaning qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kelib qo'shildi. "Sho'rtan"  jamoasidagi o'zining ajoyib o'yinlari va gollari bilan muhlislarga yaxshi tanish bo'lgan surxondaryolik hujumchi Jasur Xolto'raev ham mazkur yig'inda ishtirok etmoqda. Shuningdek, Yaypayning "Turon" jamoasiga o'tganligi haqida mish-mishlar tarqalgan yosh va tajribali himoyachi Ibroxim Yo'ldoshev, hamda mahalliy muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Temur Usmonov ham kechagi mashg'ulotlarda qatnashdi.  Bu hali hammasi emas. Klubda selekciya ishlari davom etmoqda.

Yaqin kunlarda Serbiya, Rossiya va Ukrainadan legionerlar kelib qo'shilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати