“Surxon” – “Andijon” o'yini oldidan yig'ilish bo'lib o'tdi

24 apr 2018, 15:16
Yana bir necha soatlarlan so'ng Termiz shahridagi “Alpomish” stadionida “Surxon” – “Andijon” o'yini boshlanadi.

PRO-Liganing 4-turidan o'rin olgan mazkur uchrashuv oldidan har ikkala jamoa rasmiylari ishtirokida o'yinoldi yig'ilish o'tkazildi. Uchrashuv komissari Zohir Akromov va nazoratchi hakam Andrey Klepikov bugungi uchrashuvdan oldin va keyin qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan har ikkala jamoa vakillariga tushuncha berdi. 

Yig'ilish yakunida jamoalarning bugungi uchrashuvda qanday rangli liboslarda xarakat qilishiga oydinlik kiritib olindi. Unga ko'ra, mezbonlar och yashil, mehmonlar oq rangli libosda o'ynaydi. 

Eslatib o'tamiz, uchrashuv soat 17:30da “Alpomish” stadionida boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: "Андижон" матбуот хизмати