Superliga. Bugun Toshkent va vodiy derbisi bo'ladi, Qarshida ham o'yin bor

Narzulla Saydullayev
31 mar 2019, 09:25
Bugun O'zbekiston Superligasida 2-tur uchrashuvlari yakuniga etadi.

Toshkentda "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasida poytaxt derbisi bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Dastlabki turda "Bunyodkor" Jizzaxda "So'g'diyona"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygandi. "Paxtakor" esa o'z maydonida "Lokomotiv"ni taslim qilgandi - 3:1.


Farg'onada "Qo'qon-1912" va "Andijon" jamoalari o'rtasida vodiy derbisi o'tkaziladi. Bu uchrashuv soat 19:15ga belgilangan. 

Ilk turda qo'qonliklar "Navbahor" bilan 1:1 hisobida durang o'ynashgandi. "Andijon" Navoiyda "Qizilqum" bilan xuddi shu hisobni qayd etgandi. 


Qarshida Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" klubi Sergey Lushan boshchiligidagi "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Bu o'yin ham soat 19:15da boshlanadi.

Ilk turda "Nasaf" Samarqanddan 1:1 hisobida durang bilan qaytgandi. "So'g'diyona" esa o'z uyida "Bunyodkor"ni mag'lub etgandi - 2:1.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia