Superliga. 8-turning boshlanish vaqtlari ma'lum

Tolibjon Qosimov
13 apr 2018, 11:44
Superliga klublari ishtirokidagi 8-tur bellashuvlarining boshlanish vaqti aniq bo'ldi.

Bu haqda O'zPFL rasmiy sayti xabar qildi, barcha uchrashuvlar "Sport" telekanalining haftalik dasturiga kiritildi.

O'yinlarning barchasi ish vaqtidan so'ng start oladi. 25 apreldan boshlab esa vaqtlar yarim soatga suriladi. PFL, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Ramazon ayyomida ham vaqtlar masalasiga o'zgartirish kiritishni rejalashtirgan. Bunda ro'zador futbol muxlislarining og'iz ochish vaqti va boshqa masalalarga e'tibor qaratish ko'zda tutilgan.

8-tur

24 aprel (seshanba)

“Neftchi” – “Metallurg” 18:00
“Buxoro” – “Qizilqum” 20:00

25 aprel (chorshanba)
“Paxtakor” – “Navbahor” 18:30
“So'g'diyona” – “Qo'qon-1912” 20:30

26 aprel (payshanba)
AGMK – “Nasaf” 18:30
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 20:30

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz