"Spartak" yarim himoyachisi Angliyaga ko'chib o'tadi

18 noya 2020, 22:08
Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachisi Aleks Kral Angliya Premer-ligasi jamoalarining qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

"Mirror" nashri xabariga ko'ra, chexiyalik futbolchining transferi 30 mln funt (33,5 mln evro)ga baholanmoqda. Kral qishki transfer oynasidayoq "Tumanli Albion"ga yo'l olishi rejalashtirilgan. Chunki da'vogar klublar kelasi yozda o'tkaziladigan Yevropa chempionatidan keyin Chexiya terma jamoasi vakilining narxi ko'tarilib ketishidan qo'rqadi.

Kral "Spartak" tarkibiga 2019 yilda "Slaviya"dan 12 mln evro evaziga kelib kelib qo'shilgan edi. Rossiya chempionatining joriy mavsumida 14 o'yin o'tkazgan 22 yoshli xavbek 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mirror