"Spartak" "Santos" va Braziliya olimpiya termasi hujumchisi transferidan voz kechdi

Omonjon To`xtamirzayev
11 sen 2023, 13:22
"Spartak" "Santos" va Braziliya olimpiya termasi hujumchisi Markos Leonardo transferidan voz kechdi.

Moskvaliklar futbolchi uchun 14-15 million evro taklif qilgandi. 20 yoshli futbolchining o'zi Rossiyaga ko'chib o'tishga rozi edi. Markosning maoshi 2,5 million evro bo'lishi xabar qilingandi. Biroq yakunda "Spartak" yosh forvardning adaptaciya jarayoni qiyin bo'lish xavfi tufayli transfyerdan voz kechgan.

Braziyalik futbolchi bilan "Roma" ham qiziqqandi.

Mavsumning 34 o'yini Markos Leonardo 16 ta gol urib, 4 ta golli uzatma etkazib berdi va 7 ta sariq kartochka ishlab oldi. "Transfermarkt" portali 20 yoshli forvard transferini 17 million evroga baholamoqda. Uning "Santos" bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: metaratings.ru