

"Neymar chempionatda biz uchun muhim o'yinchi bo'ladi. Biz uning o'yinini butun yil davomida kuzatib bordik. So'nggi paytda uning o'yinida barqarorlik paydo bo'lgani va jismoniy holati yaxshi ekanligiga qaror qildik", - dedi Anchelotti.
Neymar Braziliya terma jamoasi tarixida eng ko'p gol urgan futbolchi - 79 ta gol. U Braziliya terma jamoasida 2010 yildan buyon o'ynamoqda. Joriy klub mavsumida 15 o'yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

