So'nggi daqiqalardagi ikki gol “Inter”ning g'alabasini taminladi

Aziz Tukhtamuradov
19 sen 2018, 00:43
Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichidan o'rin olgan o'yinlardan biri Juzeppe Meacca nomli “San-Siro” stadionida bo'lib o'tdi.

Unda Milanning “Inter” klubi o'z muxlislari ko'z o'ngida “Tottenxem” jamoasini qabul qildi. Uchta gol kiritilgan o'yinda italyan klubi 2:1 hisobidagi irodali g'alabani tantana qildi. 

O'yinning 53-daqiqasida daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen “Tottenxem”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 86-daqiqada “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Matias Vesino Falero g'alaba to'pini kiritdi. 

Inter Italiya – Tottenxem Angliya 2:1 (0:0, 2:1)

“Juzeppe Meacca (San-Siro)” stadioni

Gollar: 0:1 – 53 Eriksen, 1:1 – 85 Ikardi, 2:1 – 90 Vesino.

Inter – Xandanovich, Miranda, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Nainggolan (Valero, 89), Brozovich, Perishich (Kandreva, 64), Vesino, Politano (Keyta Balde, 72), Ikardi.

Tottenxem – Vorm, Sanches, Devis, Ore, Vertongen, Dembele, Dayer, Lamela (Uinks, 72), Eriksen, Keyn (Rouz, 90), Son Xyn Min (Lukas Moura, 64).

Ogohlantirishlar: Shkrinyar (21), Sanches (38), Perishich (43), Vertongen (51), Vorm (82).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif