"Slovan" ketma-ket to'rtinchi marta Slovakiya chempioniga aylandi

Alisher
16 apr 2022, 10:38
Bratislavaning "Slovan" jamoasi "Rujomberok"ga qarshi Slovakiya chempionati pley-off 6-tur doirasidagi o'yinda durang qayd etdi - 0:0.

Bu natija Bratislava jamoasiga 2021/22 yilgi mavsumdagi birinchi o'rinni kafolatladi.

"Slovan" 67 ochko jamg'ardi va birinchi o'rinda ketmoqda. "Rujomberok" esa 53 ochko bilan ikkinchi.

"Slovan" ketma-ket to'rtinchi va o'z tarixida 24-bor Slovakiya chempioniga aylandi. Jamoa kelasi mavsum Chempionlar Ligasi kvalifikaciyasida o'ynaydi.


Slovakiya chempionatai

Chempionship - Pley-off

6-tur

"Rujomberok" - "Slovan" - 0:0

Chetlatish: Maslo, 55.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia