Slimani "Lion"ga ko'chib o'tadi

11 yanv 2021, 21:31
"Lester" hujumchisi Islam Slimani Fransiya chempioantiga qaytish arafasida turibdi. U faoliyatini "Lion"da davom ettiradi, deya xabar berdi taniqli insayder Janluka Di Marcio.

Francuz klubi o'tgan yilning yozida ham 32 yoshli futbolchini xarid qilmoqchi bo'lgan, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakun topgan edi.

Slimani APLning joriy mavsumida atigi 19 daqiqa maydonda harakatlandi. O'tgan mavsum "Monako" safida 10 ta uchrashuv o'tgazgan jazoirlik forvard 9 gol, 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar