Skoulz: “Suares “Liverpul”, Urugvay va oilasining uyalishiga sabab bo'ldi

Tolibjon Qosimov
25 iyun 2014, 16:10
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz, Italiya - Urugvay uchrashuvida Luis Suaresning o'zgacha harakati to'g'risida fikr bildirdi.
“Suares Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellinini tishlab, o'z klubi, vatani va oilasi ning uyalishiga sabab bo'ldi. Bu tun Suares o'zini yomon his qilganiga ishonchim komil. Yorqin futbolchi sharmandali ish qildi. Endi Suares ajoyib o'yini bilan emas, mana shu qilig'i bilan muxlislarning yodida qoladi” – deydi Skoulz.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru