Skaloni Argentina terma jamoasining Kabo-Verdega qarshi o'yindagi qo'shimcha vaqtda qo'lga kiritilgan g'alabasi haqida gapirdi

4 iyul 2026, 09:20
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finali doirasidagi Kabo-Verdega qarshi bahs borasida o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin nihoyatda og'ir o'tdi. Har doim ijobiy jihatlarni izlash kerak. Bizning jamoamiz hech qachon taslim bo'lmaydi.

Raqibni tabriklamoqchiman. Bugun ular buyuk jamoa ekanliklarini isbotlashdi. Jahon chempionatida oson o'yinlar bo'lmaydi, deyishsa, bu ayni haqiqatdir", - deya Skalonining so'zlarini keltiradi Argentina terma jamoasi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Jahon birinchiligining 1/8 final bosqichida Argentina milliy terma jamoasi Misr bilan to'qnash keladi. O'yin seshanba kuni, 7 iyulda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com