"Sirdaryo FA" bosh murabbiyi: "Asosiy urg'uni yosh futbolchilarga qaratganmiz"

Administrator
12 apr 2024, 21:50
O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Sirdaryo FA" (5:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahodir Hakimqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugun tarkibimizda 18-19 yoshli futbolchilar harakat qilishdi. Superliga jamoasi bilan uchrashuv biz uchun katta tajriba bo'ldi. Navbatda "Neftchi"ga qarshi o'ynaymiz. Bu o'yin ham biz uchun, yosh futbolchilar uchun tajriba maktabi bo'lishini kutayapmiz. O'yindan-o'yinga kuchayib boramiz. 18-19 yoshli futbolchilardan iborat jamoani Birinchi ligaga qo'ydik. Maqsadimiz yosh futbolchilarni munosib tarbiyalab, Superliga klublariga transfer qilish.

- Kuchli raqibga qarshi jamoani qanday ruhlantirdingiz?

- Biz o'yindan oldin yigitlarga bu kabi imkoniyat doim ham bo'lmasligi haqida aytib o'tdik. Yigitlar o'zlari ham tushunib turishgandi. 18-19 yoshda birdaniga Superliga klubiga qarshi o'yin o'tkazdik.

- Abbosbek Maxsitaliev nega maydonga tushirilmadi?

- Yosh futbolchilarga maydonda o'zlarini yo'qotib qo'ymasliklari uchun 3-4 ta tajribali futbolchilarni ham jalb etganmiz. Bugungi o'yin yosh yigitlar uchun o'zlarini ko'rsatishlari uchun yaxshi imkoniyat edi. Biz asosiy urg'uni yoshlarga qaratganmiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia