Simeone: "Kuchli jamoaga qarshi chiroyli o'yin ko'rsatishimizni istayman"

Mirjalol Normatov
3 dek 2023, 14:33
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone bugun bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Kuchli jamoaga qarshi doimo chiroyli o'yin ko'rsatishimizni istayman. Ularni ko'plab g'oyalarga ega yaxshi murabbiy boshqaradi. O'yinni ularga ko'proq zarba beradigan, yoqimsiz holatlarni keltirib chiqaradigan tarzda olib borishni istaymiz. Shuningdek, o'z darvoza chizig'imizni ham yoddan chiqarmaymiz.

Bizga barqarorlik kerak. Keling, aynan shu nuqtayi nazardan barchasini baholaymiz. Kelasi haftada "Almeriya"ga qarshi o'ynaymiz, bugun esa LaLiga chempionligi uchun kurashayotgan jamoa raqibimiz bo'ladi. Bu doimgidek qiyin raqib. "Atletiko" bilan bu yerda hech g'alabaga erishmagan ekanmiz", - dedi mutaxassis.

"Barselona" - "Atletiko" uchrashuvi bugun tunda soat 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca