Simeone: "Futbolda kuchlilar g'alaba qozonadi. Biz so'nggi 10 yilda himoyada yaxshi o'ynadik, ammo hozir unga kam e'tibor qaratmoqdamiz"

Alisher
7 fev 2022, 11:57
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona" (2:4)ga qarshi Ispaniya chempionati 23-tur doirasidagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Barselona" hal qiluvchi va ishonchli edi. Futbolda kuchlilar g'alaba qozonadi.

Biz so'nggi 10 yil davomida himoyada yaxshi o'ynadik, ammo joriy yilda bu borada yaxshiroq bo'lishimiz kerak. Hozirda biz bunga kam e'tibor qaratmoqdamiz.

Ahamiyatli yagona narsa - bu ish. Keyingi haftani kamtarlik bilan boshlaymiz", - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca