"Sho'rtan" 4 futbolchini tarkibiga qo'shib olganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2025, 20:29
"Sho'rtan" matbuot xizmati ikkinchi davra oldidan 4 nafar futbolchi orqali tarkibini kuchaytirganini ma'lum qildi.

"Abubakr Rizo Turdialiev - yarim himoyachi, avval OKMK safida o'ynagan.

Po'latxo'ja Xoldorxonov - hujumchi, “Navbahor”da o'ynab yurgan tajribali futbolchi.

Muhammadaziz Ibrohimov - yarim himoyachi, u “Dinamo” (Samarqand) tarkibida to'p surgan.

Odilbek Abdumajidov - himoyachi, Qozog'istonning Turon klubidan keldi.

Yangi qo'shilgan futbolchilarga omad tilaymiz! “Sho'rtan” bilan yangi bosqich, yangi g'alabalar bo'lsin!", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати