Shomurodov A Seriyada dubl qayd etgan jamoa o'z futbolchisini sudga berdi

Оқил Абдубарноев
14 mar 2024, 19:50
Klub undan 20 million evro talab qilmoqda.

Italiyaning "Salernitana" klubi o'z hujumchisi Bulaye Diani klub obro'sini tushirishda ayblab, sudga berdi.

Jamoa bosh murabbiyi Fabio Liverani senegallik hujumchidan 2 mart kuni "Udinezi"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida maydonga tushishini so'radi, futbolchi rad javobini berdi. Bu esa klub rahbariyatini g'azablantirdi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, klub avvaliga joriy mavsum oxirigacha futbolchining maoshini 50 foizga qisqartirishni talab qilib, bu borada sudga murojaat qilgan.

Shuningdek, klub rahbarlari futbolchining sotib olinishini omadsizlik deb hisoblashgan. Ular o'yinchini sotib olish uchun mavsum boshida 15 million evro sarfladi va endi tovon pulini talab qilishmoqda. Klub qonuniy ravishda futbolchidan hozirgacha qilgan barcha xarajatlarini qoplash uchun 20 million evro undirishga harakat qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, A Seriyaning ortda qolgan turida "Salernitana" "Kalyari"ga 2:4 hisobida yutqazdi. Mazkur bellashuvda raqib jamoaning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov dubl qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzeta dello Sport