Lautaro Martines “Inter”ning XXI asrdagi rekordini o'rnatdi

Khoja
17 fev 2024
“Inter”ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martines A Seriya 25-turida “Salernitana” darvozasiga gol urdi.

Bu gol uning Italiya chempionatidagi joriy mavsumdagi 20-golidir. Lautaro 21-asrda ketma-ket uch mavsumda 20+ gol urgan birinchi “Inter” futbolchisiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, 2021/2022 va 2022/2023 yilgi mavsumlarda argentinalik futbolchi 21 tadan gol urgan bo'lsa, joriy mavsumda u 20 ta gol urishga ulgurdi.

Shuningdek, Lautaro “Inter”ning eng yaxshi to'purarlari reytingida Kristian Vierini ortda qoldirdi va endi u yana bir argentinalik Mauro Ikardi bilan ettinchi o'rinni bo'lishib oldi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com