Shmeyxel: "Hozir "Lester"da vahima qiladigan vaqt emas"
Aslanov Jasurbek
18 okt 2016, 17:43
"Lester Siti" darvozaboni Kasper Shmeyxel jamoa futbolchilari himoyadagi muammolarni hal qilishga kirishganini aytdi.
"Ayni damda "Lester"da vahima qiladigan vaqt emas, hozir mavsumning o'rtasi. Futbolchilar o'rtasida suhbat bo'ldi va endi g'alabali yo'limizga qaytmoqchimiz" - deydi Shmeyxel.