Shirer: “Fred maydonda bo'lsa, Braziliya o'n kishi bo'lib o'ynaydi”

Tolibjon Qosimov
21 iyun 2014, 12:13
Angliya terma jamoasining sobiq sardori Alan Shirer Braziliya terma jamoasining mundialdagi o'yiniga fikr bildirdi.
Shirer Neymar va Fred o'yini haqida ham gapirib o'tdi.

“Men Fredni ikki bora asosiy tarkibda ko'rganimda hayron bo'ldim. U na raqiblarga halaqit beradi, na jamoadoshlariga yordam beradi, hujumchi jamoani orqaga tortyapti. Agar Fred maydonda bo'lsa, Braziliya huddi o'n kishi bo'lib o'ynayotgandek tuyuladi. Jahon chempionatida Fred Braziliya terma jamoasining markaziy hujumchisi bo'lishi kerak emas deb hisoblayman.

Neymarga to'xtaladigan bo'lsak, u oliy darajadagi futbolchi. Haqiqiy yulduz bo'lishi uchun, Neymar jahon chempionatini yutishi kerak” – deydi Shirer “Goal.com”ga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com