"Shalke" - "Real" uchrashuvidan matnli onlayn translyatsiya amalga oshiriladi

18 fev 2015, 22:09
Bugun Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final doirasidagi yana ikkita bahs bo'lib o'tadi.

Germaniyada "Shalke" jamoasi o'z maydonida "Real" bilan to'qnash kelsa, ikkinchi bellashuv Shveytsariyada "Bazel" hamda "Portu" o'rtasida kechadi.

Biz saytimiz orqali "Shalke" - "Real" uchrashuvidan matnli onlayn translyatsiyasini amalga oshiramiz. Bahsni Shahboz Beg'amov "CA" o'quvchilariga yozma ravishda sharhlab boradi.

Shuningdek, "Bazel" - "Portu" o'yini hisobi ham boshqa sahifa orqali onlayn tarzda yoritib boriladi.


Eslatib o'tamiz, har ikkala o'yin soat 00:45da boshlanadi.


Manba: championat.asia