"Sevilya" ketma-ket 20ta o'yindan beri yutqazmayapti. Bu klub rekordi

Alisher
17 avg 2020, 11:30
"Sevilya" Yevropa Ligasi yarim finalida "Manchester Yunayted" (2:1)ni engib, finalga yo'l oldi.

Xulen Lopetegi jamoasi barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 20ta o'yinga etkazib oldi. Bu klub tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkich.

"Sevilya" so'nggi bor La Liga 23-tur doirasidagi "Selta" (1:2)ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchragan edi.

Eslatib o'tamiz, Yevropa Ligasi finali ("Sevilya" - "Inter"/"Shaxtyor") 21 avgustda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia