Server Jeparov: "Hujumdagi ishlarning muvaffaqiyatli bo'lishi yarim himoyachilarga bog'liq"

Iskandarov Abdulaziz
18 yanv 2024, 16:42
O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi uchrashuvlari oldidan mutaxassislar o'z mulohazalarini bildirishda davom etadi.

Osiyoning ikki karra "eng yaxshi futbolchisi", O'zbekiston terma jamoasi tarkibida 4ta Osiyo Kubogida qatnashgan Server Jeparov Hindiston bilan o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ma'lumot uchun, Server Jeparov terma jamoa libosida 126ta o'yinda maydonga tushgan va 30ga yaqin gol urgan. 

"O'ylaymanki, Hindiston terma jamoasi ham himoyada o'ynaydi. O'zbekiston bugun raqib darvozasini ishg'ol qiladi va gollar ko'ramiz, degan umiddaman. 

Raqiblar tartibli va zich himoyalanadi. Bu qiyin bo'ladi. Murabbiy esa vaziyatlardan foydalanish kerakligi haqida ko'rsatmalar berishi tabiiy. Hujumdagi ishlarning muvaffaqiyatli bo'lishi esa yarim himoyachilarga bog'liq. 

Standart vaziyatlarda Abbosbek Fayzullaev va Jamshid Iskanderovdan gol yoki muvaffaqiyatli ijro kutish mumkin. O'zbekiston terma jamoasida bunday futbolchilar bor",- deydi Server Jeparov. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia