Sergey Arslanov: "Navbahor" bilan bahsdagi mag'lubiyatni qabul qilish og'ir bo'lgandi"

Sherzod Nurmatov
4 noya 2023, 18:39
Coca Cola Superligasi 24-turi doirasidagi "Metallurg" – "Surxon" (0:1) bellashuvidan keyin termizliklar ustozi Sergey Arslanov fikrlarini bildirdi.

"Biz navbatdagi 3 ochkoga ega chiqdik. Jamoamizni muhim va qiyin g'alaba bilan muborakbod etaman. Ikki jamoa ham g'alaba qozonib, qimmatli ochkoni qo'lga kiritishni xohladi. 

Raqib tajovuzkor va faol o'yin namoyish qildi, lekin shunga qaramay, "Surxon" futbolchilari xarakter ko'rsatib, g'alabani o'zlariniki qilishdi. "Navbahor" bilan bahsdagi mag'lubiyatni qabul qilish og'ir bo'lgandi. "Hammasi yaxshilikka" deganlaridek, bugun muhim g'alabaga erishdik va endi oldinga intilishda davom etamiz", – dedi Arslanov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia