Sebalos "Arsenal" bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
25 may 2021, 11:11
Yarim himoyachi Dani Sebalos instagramda "Arsenal"dan ketayotganini ma'lum qildi.

Ispaniyalik futbolchi murabbiylar shtabi, klubning har bir ishchisi va muxlislarga minnatdorligini bildirdi.

24 yoshli futbolchi yaqin vaqtlar ichida "Real"ga qaytadi va 2023 yil yoziga qadar klubda bo'ladi.

Sebalos "Arsenal"da ikki mavsum ijarada o'ynadi va 77 o'yinda 2 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal