Saudiya Arabistoni - O'zbekiston. Qaysi jamoaning tarkibi qimmatroq?

15 iyun 2021, 18:14
Toshkent vaqti bilan 23:00 da O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonida mezbonlarga qarshi maydonga chiqadi.

Shu tufayli har ikki jamoa tarkibidagi eng qimmat futboolchilar to'g'risida ma'lumot berishga qaror qildik. Transfermarkt portali Evre Renar shogirdlarini umumiy hisobda 25,8 mln evroga baholagan. Saudiyaliklar safidagi eng qimmatbaho futbolchi "Al Hilol" vingeri Salim Al Dovsari hisoblanadi - 2,9 mln evro. Ma'lumot uchun, ushbu o'yinchi sariq kartochkalari soni ko'payib ketgani tufayli bugungi bahsni o'tkazib yuboradi.

Transfermarkt portali O'zbekiston milliy terma jamoasining to'liq tarkibini 27,7 mln evroga baholayapti (Saudiyadan deyarli 2 mln evroga qimmat). Vadim Abramov shogirdlari orasida transfer qiymati eng yuqorisi "Jenoa" forvardi Eldor Shomurodovdir - 7 mln evro. Shuningdek, hamyurtimiz Otabek Shukurovning transfer bahosi ham Al Dovsarinikiga nisbatan 100 ming evroga balandroq.

Bugun O'zbekiston terma jamoasini durang qoniqtiradimi?

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia