

O'zbekiston milliy terma jamoasini Saudiya Arabistoniga qarshi juda ham muhim uchrashuv kutib turibdi.
Bu o'yinda jamoamizga durang natija ham kifoya qiladimi?
Osiyo mintaqasining F va H guruhi vakillari allaqachon so'nggi tur o'yinlarini o'tkazib bo'lishdi. Bu guruhlarda Livan hamda Tojikiston terma jamoalari 10 ochko bilan 2-bo'lishdi. Bu shundan dalolat beradiki, bugun Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynasak, yakunda terma jamoamizning hisobidagi ochkolar soni Livan va Tojikistonniki bilan tenglashadi, ammo qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra biz ulardan yuqoriga joylashamiz. Yani, ikkita raqibimiz allaqachon hisobdan chiqdi. Agar bugun Eron, BAA va Iordaniya terma jamoalaridan biri o'z o'yinida g'alaba qozonolmasa, O'zbekiston terma jamoasini Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda durang natija ham qoniqtiradi.
Ma'lumot uchun, Eron bugun Iroqqa qarshi, BAA Vetnam bilan o'ynasa, Iordaniya Avstraliya maydonida mehmon bo'ladi.



