

Musobaqa mezbonligiga 5 mamlakat da'vogarlik qildi. Ulardan biri O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bo'lib, arizasini birinchi bo'lib qaytarib oldi.
Shundan so'ng Eron tomoni ham shu yo'lni tutdi. Keyinroq Osiyo Kubogi-2023 mezbonligi huquqini qo'lga kiritgan Qatar ro'yxatdan chiqdi.
Oxirgi bo'lib Hindiston Futbol Federatsiyasi o'z arizasidan voz kechdi. Shu tariqa, Saudiya Arabistoni yagona bo'lib qoldi va u qabul qilindi.



