Saudiya Arabistoni Argentinaning 36 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi

Sherzod Nurmatov
22 noya 2022, 17:21
Lionel Skaloni shogirdlari JCH 1-turida Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'lishdi.

Argentinaning mag'lubiyatsiz seriyasi 36 o'yindan iborat edi. 


Rekord Italiya terma jamoasiga tegishli – 2018 yilning sentyabridan 2021 yilning oktyabrigacha bo'lgan davrda 37 ta o'yinni mag'lubiyatsiz o'tkazgan.

Endi argentinaliklar guruh bosqichi navbatdagi turlarida Meksika (26 noyabr) va Polsha (30 noyabr) bilan uchrashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia