Sanjar Tursunov jamoasi bilan birga "Shaxtyor"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2014, 23:23
Ukraina chempionatining 25-turida hamyurtiimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan "Vorskla" klubi o'z uyida mamlakat chempioni "Shaxtyor" klubini qabul qilib g'alabaga erishdi - 1:0.
Tursunov uchrashuvda to'liq harakat qildi. "Vorskla" ushbu g'alabadan so'ng 33 ochko to'plab musobaqa jadvalining 6-pog'onasiga chiqib oldi. Klub keyingi o'yinni 19 aprel kuni Kievning "Dinamo"siga qarshi o'tkazadi.

Ukraina chempionati

25-tur
Vorskla – Shaxter  1:0 (0:0, 1:0)
12 aprel, Vorskla
Gol: 1:0 – 83 Yaxovich.
Vorskla –
Nepogodov, Sapay, Chesnakov, Dallku, Tkachuk, Markoski (Mishhenko, 75), Perduta, Dedechko, Sanjar Tursunov, Yaxovich (Sklyar, 88), Yanuzi (Barannik, 64).
Shaxter – A. Kanibolockiy, Krivcov, Srna, V. Shevchuk (Ferreyra, 82), Rakickiy, Fred, Stepanenko, Duglas Kosta, Aleks Teysheyra, Eduardo (Bernard, 69), Luis Adriano.
Ogohlantirishlar: Bernard (78), Rakickiy (79), Dedechko (80), Fred (89), Stepanenko (89).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia