Sanjar Tursunov: "Vorskla" bilan 1 yillik shartnoma imzoladim"

Narzulla Saydullayev
5 fev 2014, 11:06
O'zbekiston milliy terma jamoasining o'ng qanot yarim himoyachisi Sanjar Tursunovni Ukraina premer-ligasining "Vorskla" jamoasi bilan shartnoma imzolaganligi haqida xabar berdik.
Kecha futbolchi saytimiz uchun qisqacha intervyu berdi:
- Bir necha kunlik yig'inlardan so'ng murabbiyimiz Anatoliy Mamot men bilan hamkorlikni davom ettirishi haqida aytdi. Albatta bu men uchun quvonarli. Ukraina chempionati yil sayin kuchayib boryapti. Bu yerda meni yarim himoyani ikki qanotida sinab ko'rishdi. Terma jamoada asosan o'ng qanotda to'p tepsam, "Vorskla" murabbiylari chap qanotdagi harakatlarimni ham sinashdi. Yakunda jamoa bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdim.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia