Sanjar Tursunov Vorsklani tark etdi va Qatar klubiga o'tadi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2016, 20:42
O'zbekistonlik yarim himoyachi Sanjar Tursunovning "Vorskla"dagi faoliyati yakunlandi.

Qatar klublaridan biri Tursunovga rad qilib bo'lmas taklif bilan chiqdi va hamyurtimiz ushbu taklifni qabul qildi. Vorskla va futbolchi o'rtasidagi shartnomaga ko'ra yaxshi taklif tushsa Ukraina klubi Sanjarni qo'yib yuborishi kerak edi. Hozir Tursunov qaysi klubga o'tayotgani haqida ma'lumot yo'q. Vorsklaning sobiq futbolchisi Yaqin sharqqa yangi klubi bilan shartnoma tuzish uchun uchib ketdi.

Sanjik Vorskla safida 61ta o'yinda 10ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.

Vorskla futbol klubi Sanjar Tursunovga minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatida omad tilaydi!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: vorskla.com.ua